OTM rektorlari va filiallar direktorlarining zamonaviy obyektlar, muassasa va tashkilotlarga tashrifi uyushtirildi.

Joriy yilning 6-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlarining prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan, bugungi islohotlarga mos bo‘lgan zamonaviy obyektlar, muassasa va tashkilotlarga tashrifi uyushtirildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezident murojaatnomasida oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yurtimizning yetakchi innovatsiya markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan iborat.
Dastlab mehmonlar Toshkent shahridagi Inxa universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, rektorlar universitetdagi o‘quv jarayonlarining olib borilishi, talabalar bilimini baholash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish va ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalarni o‘rgandilar. Shundan so`ng Toshkent shahrida joylashgan It-park axborot texnalogiyalari mahsulotlarining yaratilishi bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir jarayonida «Ishga marhamat« monomarkazning maqsad va vazifalari hamda yoshlarni ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Tadbir davomida, Toshkent Irigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida bo`lib, tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda raqamli texnalogiyalar klasteri bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so`ng AQSH oliy ta`lim tizimining o`ziga xos jihatlari ya`niy Vebstr universitetining ta`lim dasturlarini amalga oshirish markazi misolida universitet faoliyati bilan tanishdilar. Shuni ta`kidlash joizki, bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda vatan taqdiriga, uning hozirgi kuni va kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytirish, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash ularni huquqiy, iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga aloxida e’tibor qaratilayotganligini ta`kidladilar. Tadbir so`ngida yig`ilganlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan