«Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumatning 2020-yil 22-dekabrdagi tegishli qarori bilan “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida (bugungi kunda 892 ming so‘m) biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotini oladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan