Toshkent metropolitenida tabaqalashgan ta’rif tizimi joriy etiladi

Toshkent metropolitenida tabaqalashgan ta’rif tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum qilindi.
2021 -yilning iyun oyigacha Toshkent metropolitenida tabaqalashgan ta’rif tizimi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga bergan qisqa intervyusida so‘z yuritgan.

«Hammaga ma’lum, bugungi kunda metro yo‘nalishlari uzunligi kengaymoqda. Ammo bir, ikki kilometr yurgan odam ham 1400 so‘m to‘laydi, o‘n, o‘n besh kilometr foydalangan odam ham 1400 so‘m to‘lamoqda. Yaqinda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini tadbiq qildik. Bu esa bizga tahlil qilish imkoniyatini yaratib beradi. Ikki, uch oy davomida tahlil qilganimizdan so‘ng kimning qancha masofa yurgani va uning tannarxga ta’siridan kelib chiqib, tabaqalashgan ta’rif tizimini yo‘lga qo‘yish rejamizda bor. Mazkur tizim shu yilning yarmigacha ham bormay, amaliyotga joriy qilinadi», – dedi Ilhom Mahkamov.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan