Talabalar media markazida «Ma’naviyat mash’ali» loyihasida taniqli shoir Shuhrat Orif bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Shuhrat» medali sohibi Shuhrat Orif bilan bo‘lgan bugungi ijodiy uchrashuv nazm va navo shaklida o‘tdi desak mubolag’a bo‘lmas. Taniqli jurnalist, teleboshlovchi Dilshod Bo‘riyev va shoir Shodmonqul Salom kechaning faxriy mehmoni bo‘lishdi.
She’riyat ixlosmandlari ishtirokidagi adabiy kechada Shuhrat Orif ijodi, uning she’riyatidagi samimiyat va falsafa haqida so‘z bordi.
Yangi chop etilgan «Men asli odammas, yor edim…» nomli kitobi haqida iliq fikrlar bildirildi. She’rlar tinglandi, savollarga javoblar berildi. Shoirning ijtimoiy faolligi, adabiyotga mehri balandligi e’tirof etildi.
Tadbir ishtirokchilarining yuz-ko‘zlarida ko‘tarinki ruh sezildi. Ayniqsa, taniqli xonanda Baxtiyor Rahmon qo‘shiqlari davraga o‘zgacha fayz baxsh etdi. Ijodiy kechaga kelgan ishtirokchilarga muallifning «Men asli odammas, yor edim…» nomli kitobi tarqatildi.










Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan