Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filali: “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha”

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini Yurtimizda keng nishonlashga qaratilgan amaliy ishlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan 2020-yil 15-dekabrdan 2021-yil 15-yanvarga qadar “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filalida ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug 11506 harbiy qism harbiylari, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali professor-o’qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov ochib berdi. Bugun milliy armiyamiz o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas’uliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi sohaga aylanganligini alohida ta`kidlab, barcha tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Shundan so`ng 11506 harbiy qism harbiylari talaba yoshlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar haqida so`zlab, ona Vatanimizni, mustaqilligimizni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etib, ishtirokchilarga quvonch ulashdi.








Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan