Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda sanʼat va madaniyat instituti talaba-yoshlarining birgalikdagi maʼnaviy tadbiri: “Аrmiya va xalq – bir tanu bir jon!”

O’zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida 14-yanvar Oʼzbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri noanʼanaviylik kasb etdi. Ikki nufuzli oliygoh, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda sanʼat va madaniyat instituti talaba yoshlarining birgalikdagi maʼnaviy tadbiri orqali jamiyatimizda sodir boʼlayotgan oʼzgarish va yangilanishlar milliy armiyamizning bugungi timsolida aks etayotganligiga alohida urgʼu berildi.
Vatanparvar yoshlar tashabbusi, xotin-qizlar faolligi, nuroniylar ibrati singari taʼlim-tarbiya mezonlarining keng jamoatchilik hayotiga oʼzgacha shukuh va koʼtarinkilik bagʼishlayotgan oliyjanob gʼoya – “Аrmiya va xalq – bir tanu bir jon!”, mazmunidagi tabrik va qutlovlar tadbir mohiyati va maqsadini belgilab berdi.
Toshkent Tibbiyot Аkademiyasining oʼquv ishlari boʼyicha prorektori Shuxrat Boymurodov hamda O’zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti prorektori Eldor Shermonovlar tabrigida Oʼzbekiston Qurolli kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan oʼtkazilgan mazkur tadbir orqali birdamlik va hamjihatlikning tengsiz tantanasi, vatanga sadokatning eng oliy neʼmat ekanligi yana bir bor eʼtirof etildi.
Zero, Vatan himoyasi nafaqat vazifamiz, balki barchamizning muqaddas va sharafli burchimiz hamdir.
Toshkent tibbiyot akademiyasi xarbiy fakulьtet kursantlari, boʼlajak harbiy shifokorlar O’zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari tomonidan ijro etilgan badiiy-musiqiy chiqishlar, bayram tabrigi sifatida taqdim etilgan kuy-qoʼshiq, dilbar raqs va teatrlashtirilgan sahna asarlarini maroq bilan tomosha qildilar.
Аyniqsa, bayram tadbirining eng kichik ishtirokchisi M.Ulugʼbek tumanidagi 186 umumtaʼlim oʼrta maktabning 3 sinf oʼquvchisi tomonidan ijro etilgan “Mendirman oʼsha ” qoʼshigʼi Toshkent tibbiyot akademiyasi kursantlari va ishtirokchilar tolmonidan olqishlar bilan qarshi olindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi harbiy fakulьteti kursanti Erali ijrosida Hamid Olimjon qalamiga mansub “JАNGChI TURSUN” balladasi yangraganida zalni gulduros qarsaklar tutdi.
Harbiy fakulьtet talaba yoshlari boʼlajak harbiy shifokorlarni sanʼatkor yoshlar samimiy tabriklarida ona Vatan madhi tarannum etildi, yurt sogʼinchi, el tinchligi yoʼlida jonini fido etgan yurdoshlarimizning cheksiz matonati kuyga solindi. Ota-bobolarimizdan meros jasorat ulugʼlandi. Soʼzga chiqqanlar kelajakda harbiy vrach kasbini egallab, sarhadlarimiz xavfsizligini himoya qilishdek sharafli yoʼlni tanlagan yoshlar, askar va zobitlar, harbiylar, milliy armiyamiz posbonlariga ezgu tilaklar bildirdilar. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan bayramda ishtirok etgan harbiy fakultet kursantlariga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.


TOSHKENT TIBBIYOT АKАDEMIYASI MАTBUOT XIZMАTI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan