O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali: Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 11-yanvardagi 87-02-70-sonli xati ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 29.12.2020 kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasini mazmun mohiyati bilan to‘liq tanishish va o‘rganish maqsadida tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.
Filial talabalari davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida so‘zlagan ma’ruzalari, shuningdek, yangi 2021-yildan ta’lim, transport, iqtisodiyot, ekologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi, mudofaa, ma’naviyat, tibbiyot, sport sohalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar, topshiriqlar, vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.
Prezident murojaatnomasining mazmun mohiyati bilan filialni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov tanishtirdi.






O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan