Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida milliy sport turlari bo’yicha talaba-yigitlar o‘rtasida filial birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqani filial direktori A.Esimbetov ochib berib, bayram bilan barchani samimiy muborakbod etib, ishtirokchilarga omad tiladi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i E.Seytmuratov va bo‘lim uslubchisi A.Seytkamalov musobaqani olib bordi. Shuningdek, guruh rahbarlari ham ishtirok etib, talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlab turdilar. Jami 70 nafar talabalar ishtirok etgan musobaqa arqon tortish, turnikga tortinish hamda tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Vatanparvarlik oyligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda shijoatli talabalarimiz o‘zaro kuch sinashdi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbaev musobaqaning xolis va haqqoniy o‘tishini ta’minladi. Qizg‘in bahslarga boy kechgan va g‘oliblik uchun do‘stona kurash olib borilgan musobaqa yakunida Zooinjeneriya (asalarichilik) yo‘nalishi 1-bosqich 213-guruh talabalari fahrli 1-o‘rinni egalladilar. Shuningdek, Zooinjeneriya:Yilqichilik va tuyachilik yo‘nalishi 1-bosqich 210-guruh 2-o‘rin, Veterinariya medisinasi yo‘nalishi 1-bosqich 208-guruh talabalari esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Barcha g‘olib jamoalar filial direktori A.Esimbetov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan filial birinchiligi zavqli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan