TIQXMMI Buxoro filialida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

TIQXMMI Buxoro filialida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo oʻz oilasi, Vatani hamda xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir”, deb bejiz aytmaganlar.
Mustaqil Oʻzbekistonning ertangi kelajagi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida kechayu-kunduz tinmay xizmat qiladigan kasb egalari – bu Vatan himoyachilari, mard oʻgʻlonlarimiz hisoblanadi.
Ona Vatanning har bir qarich yeri muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprogʻini koʻzlariga toʻtiyo aylagan, qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olishgan.
Barchamizga ma’lumki, har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bugun 14-yanvar sanasida TIQXMMI Buxoro filialida ham ushbu sana munosabati bilan “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda filial professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Buxoro viloyati Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari, Arxitektura va qurulish kolleji o’qituvchilari, O’zbekiston Milliy tiklanish demakratik partiyasi Buxoro shahar kengashi raisi M.Qurbonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, fan ta’lim masalalari qo’mitasi matbuot kotibi, Prezident administratsiyasi markaziy kengash vakili Z.Ahmadovalar ishtirok etdi.
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani I.Hasanov rahbaryat nomidan “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etib, o‘tgan chorak asr mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tarixida muhim ishlar amalga oshirilganligi, armiyamizga sog‘lom, baquvvat, mard, Vatanga sadoqatli yoshlar jalb etilayotgani, Vatanni qo‘riqlash, unga xizmat qilish nafaqat er kishining, balki barchamizning oliy maqsadimiz ekani, qolaversa, Vatan himoyasi nainki chegaralarimiz, balki maʼnaviy sarhadlarimiz himoyasi ham ekanligini ta’kidladi.
Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilish borasida taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamizni barpo etish bo‘yicha ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra haqiqatdan ham ulkan ishlar tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash lozim.
Tadbir davomida Fakultetlardan tashkil topgan oltita jamoa to’rta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashishdi. Shartlar davomida filial talabalari tomonidan turli sherlar va askar qo‘shiqlari jonli ijrolaarda, turli xil hozirgi davrni qamrab olgan sahna ko’rinishlari yig’ilgan mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
Juda qizg’in davom etgan tadbirda Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining “Qalqon” jamoasi g’olib deb topildi va tashkilotchilar tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
“Qalqon” jamoasining mard va jasur o‘g‘lonlari hamda filial talabalari tomonidan turli harbiy chiqishlar, askarlarning jangovor usullari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi va bu chin ma’noda tadbirga ko‘tarinkilik, bayramona kayfiyat olib kirdi.








TIQXMMI Buxoro filiali matbuot kotibi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan