Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ–4942, 12.01.2021) bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

🔰 Filialda sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🔰 Filial ta’lim faoliyatini 2021/2022-o‘quv yilidan boshlaydi.

🔰 Ta’lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi.

🔰Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur filial bilan respublikadagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 25 taga, jami oliy ta’lim muassasalari soni esa 130 taga yetdi (harbiy va diniy OTMlardan tashqari)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan