Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti: Murojaatnomaga munosabat va «Vatan himoyachilari» kuniga bag’ishlangan tadbirlar

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga munosabat

Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini o‘rganish va keng ommaga targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti dekani Mansur Ro‘zmetov, Ijtimoiy fanlar kafedrasining professori Gularam Masharipova, Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Farhod Ibragimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasining professori Gularam Masharipova “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi” ni o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. U global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish murojaatnomada asosiy vazifa sifatida e’tirof etilgani ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqyeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etgan Prezidentimiz yordamga muhtoj ayollarga sharoit va imkoniyatlar yaratib berishga alohida ahamiyat qaratdilar. Biz barchamiz “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, o‘z orzu-maqsadlarimizga erishishimizga yurtboshimiz ishonch bildirdilar. Gularam Masharipova o‘z ma’ruzasini yakunida tadbir ishtirokchilarini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” bilan yana bir bora muborakbod etib, barchaga yangi yilda sihat-salomatlik tiladi.
Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti dekani Mansur Ro‘zmetov Murojatnomaa bo‘yicha ma’ruza qilgach, talabalarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berdi. Jumladan, talabalar kiyinish, odob-axloq qoidalari, muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratish kerakliklarini aytib o‘tdi.
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Farhod Ibragimov ham institut yoshlariga ko‘plab tavsiyalar berib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ko‘mak berish, talabalar faolligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli hamda maqsadli foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi rivojiga hissa qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga umid bildirdi.



2020-yilning 15-yanvar kuni “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedarasida fakultetlararo talabalar o‘rtasida 14-yanvar «Vatam himoyachilari» kuniga bag‘ishlab «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» shiori ostida sportning kuchlilar bellashuvi, armrestling, arqon tortish hamda mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada institutimizning 4ta fakultetidan 100dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Musobaqani 1-kurs talabasi Qurbonpo‘latov Begzod “Vatan” haqidagi musiqiy chiqishi bilan boshlab berdi. Musobaqa juda qizg‘in va bayramona ruhida o‘tkazildi.

       

       

       

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan