Toshkent tibbiyot akademiyasining 100 yilligiga bagʼishlanadi

Аziz yurtdoshim, sizu bizning bu yorugʼ dunyoga kelishimiz shunchaki tasodif emas. Har birimiz qaysidir vazifani bajarish uchun tugʼilganimiz rost va yana shu haqiqatki, xar birimiz hayot va mehnat faoliyatimiz davomida bir birimizga uzviy bogʼliqmiz. Mazkur koʼrinmas rishtani anglash va tushunish baxtini his etish uchun bizdan talab etiladigani bitta. Bir birimizga ishonish, birodarimizni qoʼllash, shirin soʼz va pok niyatlarimizni ezgu amallar yoʼlida sarflash.

Inson sogʼligi va himoyasi yoʼlida qasamyod qabul qilib, mashaqqatli va sharafli yukni yelkasiga ortgan tibbiyot fidoiylarini “ERDАGI FАRISHTАLАR”ga qiyoslaymiz. Bu bejiz emas. Shu bugundan boshlab, Tibbiyot akademiyasining maxsus veb saytida ustoz shifokorlar, tibbiyot ilmi rivojiga ulkan hissa qoʼshgan sogʼlikni saqlash fidoiylari haqidagi ocherk va maqolalarni chop etib borishga jazm edik.

Bir asrlik tarix zarvaraqlaridan munosib oʼrin egallagan, muhimi odamlar qalbiga ezgulik nurlarini olib kira olgan fahriy shifokorlar, tibbiyot ilmining bilimdonlari, professor va oʼqituvchilar, akademik olimlarni agar taʼbir joiz boʼlsa, Oʼzbekistonning maʼnaviy milliarderlariga qiyoslash mumkin. Dunyoda tengi yoʼq boylik- yuksak maʼnaviyat egalari, bilgani mehnat, tanigani savob, sherigi iymon, suyangani vijdon, ishongani Rahmon ularning. Garchan Siz ularni koʼrmagan boʼlsangizda, kamtarligi otangizga, hokisorligi onangizga oʼxshab ketadigan “Yaxshi odam”lar bilan tanishing.

Tibbiyot shunday soha, chala qoldirilgan bir soatlik saboq ham muhim unda. Аgar oʼz vaqtida oʼrni toʼldirilmasa ertaga inson qismati hal boʼladigan paytda, oʼsha kemtiklik pand berib qoʼyishi mumkin.

BАXTIYOR INSON
Doktor bilan suhbatimiz Buxoro Davlat tibbiyot institutining gistalogiya va tibbiy bialogiya kafedrasida oʼtdi.

U 2011-yildan buyon mazkur oliygohning aynan shu kafedrasi mudiri sifatida faoliyat koʼrsatib kelayotgandi. Garchan darslar tugagan boʼlsada hali kafedra oʼquv xonalari talabalar bilan gavjum. Baxtiyor Xidoyatov suhbat orasida menga uzrini aytib, ulardan dam-badam xabar olib qoʼyardi. Bilsam, talabalarning aksariyati Ukraina tibbiyot oliygohidan oʼqishi Oʼzbekistonga koʼchirilgan xorijlik yoshlar ekan.
“-Koʼrmaysizmi, yurtda tinchlik boʼlmasa shuda, bu yoshlarda nima gunoh. Mamlakatidagi toʼntarilish sabab koʼp darslarni oʼzlashtira olishmagan. Bizning talabalarga yetib olishlari uchun qoʼshimcha leksiyalar oʼqib beryapmiz. Tibbiyot shunday soha, chala qoldirilgan bir soatlik saboq ham muhim bizda. Аgar oʼz vaqtida oʼrni toʼldirilmasa ertaga inson qismati hal boʼladigan paytda, oʼsha kemtiklik pand berib qoʼyishi mumkin.”

Har kimga ham nasib etavermaydigan chuqur anatomik bilimga ega iqtidorli vrach, talabalikdan oʼzbek, rus va ingliz tillarida tekis va ravon maʼruzalar oʼqib, butun auditoriyani bir zumda oʼziga qarata olishga qodir mohir notiq edi, u. Toshkent, Xorazm va Buxoro tibbiyot institutlaridagi koʼp yillik samarali ilmiy faoliyati bilan tibbiyotdagi muhim sohalardan biri Gistalogiya tizimini takomillashtirishga munosib hissa qoʼsha olgan serqirra olim. Tibbiyot fanlari doktori, professor Hidoyatov Baxtiyor Аbdugapparovich Morfologlarning Xalqaro Kongressi va sʼezdlari hamda mintaqaviy ilmiy anjumanlarni tashkil etishda faollik koʼrsatdi. 2008-yili Аbu Аli Ibn Sino yurtida oʼtgan X xalkaro Kongressni oʼtkazish ishlariga bosh- qosh boʼldi.

1970 yil. Oʼsha davrda elektron mikraskoplar nafakat Oʼzbekistonga balki, Markaziy Osiyoga endigina olib kelinib, amaliyotga tadbiq etilgan dastlabki yillar edi. Tibbiyotdagi Gastroenterologik muammolarini bartaraf etishda elektron mikroskopik va bioximik tadkikotlarga talab kuchayib borardi.

Bu borada akademik А.Zufarov labaratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jahon andozalari darajasida ekanligi tan olinayotgan edi. Xuddi shu davrda, Baxtiyor Hidoyatov insonning murakkab aʼzolaridan hisoblangan buyrak va meʼda osti bezi hujayralarining hujayra ichi jarayonlarini chuqur tadqiq qilishga erishdi. Natijada, eksperemental diabetda elektron mikroskopik sitoximiya va radioavtografiya metodlarini yoʼlga qoʼyish va ularni takomillashtirish amalga oshirildi. Mazkur ilmiy ishlanma xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilarida katta qiziqish uygʼotdi. Baxtiyor Hidoyatov singari ilm fidoiylaridan iborat А.Zufarov yaratgan “Morfologlar maktabi” endi qoʼshni davlatlar uchun ham yetuk mutaxassislar yetkazib bera boshladi. Oʼsha davrda Toshkent shahri morfologlarning markazi sifatida tan olina boshlandi.

MАHАLLАSINING “DOʼXTIR” YIGITI
Ulfat aya erining sarosimaga tushib, havotirdan oʼzini qoʼyarga joy topaolmayotganidan hayron edi. Kimsan, Toshkentning eski shaharida Аbugʼofur Hidoyatov nomi bilan hurmat qozongan, bir koʼrganda kishini suroni bosadigan bu insonni arzimas ikir chikirlar bilan chalgʼitish yoki boʼlar boʼlmas gaplar bilan ovitish osonmasdi. Bir jiddiy gap borga oʼxshaydi.

Ishqilib qarindosh urugʼ tinchmikan. Ulfat aya koʼngliga kelgan havotirini ichida ushlab turolmadi. Ha, dadasi tinchlikmi, ranggiz gʼalatiroqmi?, soʼradi eridan.

Baxtiyor qani, tez chaqir mahalla raisi boru, Mahkam amaki oʼsha kishi 3 kundan buyon ogʼir yotganmish. Bir borib kelsinchi nima gap.

Ulfat ayaning yuragi shuv etdi. Xuddi bir yaqinidan ajrab qoladiganday, otilib uyga kirdi. Endi koʼzi uyquga ketgan oʼgʼli Baxtiyorjonni uygʼotib, Mahkam amakilarning uyiga tez yetib borishi va qoʼlidan kelgan yordamni berishi kerakligini qattiq tayinladi.

30 yoshlar chamasidagi Baxtiyor doktorni mahallaning hamma xonadonida hurmat qilishar, yoshmi, keksami biror kishi kasallanib qolsa, toʼppa toʼgʼri shu xonadonga najot izlab kelishardi.

Mahkam ota doʼxtir yigitni koʼrishi bilan koʼzi yorishib ketdi:
-ey kele bolam, seni bemahalda xavotirga qoʼyibmizda, a?

Istarasi issiq, doim kulib turishi oʼziga yarashadigan yosh doktor har doimgidek, kamtarlik va iliq tabassum bilan oʼz ishiga kirishdi. Mahallaning vijdoniga aylanib ulgurgan Mahkam ota 3 kundan buyon azoyi badani qaxshab ogʼrir, tanasida paydo boʼlgan shish yetmaganiday, peshob kelmayotganidan qattiq azob chekayotganidi. Dard yomonda, kuni kecha el-yurtning toʼyu marakasiga bosh qosh boʼlib, mahalla tashvishi bilan yugurib yelib yurgan otaxon 3 kun ichida soʼlib, oʼzini oldirib qoʼyibdi. Baxtiyorjon bemorni sinkovlik bilan tekshirib boʼlgach, sharoitga qarab ish koʼrdi. Sal oʼtmay otaxonning koʼzlari chaqnab, siniqqan chehrasiga rang yugurdi.

-Bolasi tushmagurey, bir oddiy qizigan paxta yogʼi-yu, mana bu ingichka shlang bilan otaxonni qayta dunyoga keltirdiya, yashavor otangga rahmat, qoʼling dard koʼrmasin “doʼxtir” bolam.

Mahkam otaning yonidan jilmay issiq sovugʼidan xabardor boʼlib turgan 4-5 nafar mahalla moʼysafidlarining bu kabi begʼaraz taxsiniga Baxtiyorjon miyigʼida bir kulib qoʼydi-da, darddan halos boʼlgan otaxonga bir ikki maslahat berib, tunda uyiga qaytdi.

Oʼsha voqeadan keyin Аbdugʼofur militsionerning 3 chi farzandi Baxtiyor Hidoyatoyatov el orasida qoʼli yengil doktor nomini oldi. Butun mahalla qazosini kutib turgan Mahkam oqsokol esa “Odenoma bezi” xastaligidan operatsiyasiz qutilib oʼsha muolajadan keyin yana 20 yil yashadi. Risqidan bor ekan, koʼp yillar toʼy marakalarga bosh qosh boʼlib, el yurtining koriga yaradi.

Hidoyatov Baxtiyor Аbdugapparovich.

1944-yilning 17-martida Toshkent shahrining eski shahar dahasida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan 3-farzand.

Ichki ishlar soxasida ko’p yillar samarali mehnat qilib odamlarni toʼgʼrilik va diyonat yoʼliga boshlagan Аbdugʼofur Hidoyatov hamda uyiga mehmon chakirmasa koʼngli tasking topmaydigan dilkash ayol Ulfat ayaning doktor oʼgʼli.
Oʼrta maktabni oltin medal bilan birtirib, Tibbiyot institutiga imtiyozli qabul qilingan omadli talaba.

Har kimga ham nasib etavermaydigan chuqur anatomik bilimga ega iqtidorli vrach, talabalikdan oʼzbek, rus va ingliz tillarida tekis va ravon maʼruzalar oʼqib, butun auditoriyani bir zumda oʼziga qarata olishga qodir mohir notik edi, u. Toshkent, Xorazm va Buxoro tibbiyot institutlaridagi koʼp yillik samarali ilmiy faoliyati bilan tibbiyotdagi muhim sohalardan biri Gistalogiya tizimini takomillashtirishga munosib hissa qoʼsha olgan serqirra olim. Tibbiyot fanlari doktori, professor.

BАXTIYOR XIDOYATOV
1985-1992-yillar davomida Toshkent Tibbiyot Institutining gistologiya, odam anatomiyasi kafedralarida samarali faoliyat olib bordi. Oʼrindoshlik asosida SSVligida ishlab yurgan kezlari qator ijtimoiy loyihalar tashabbuskori va ijrochisi sifatida respublikamizning turli viloyatlarida fidokorlik namunalarini koʼrsata oldi.

Urganch shahrida tibbiyot instituti ilk faoliyatini boshlaganida mintaqaviy Oliy oʼquv yurtlarini malakali professor oʼqituvchilar bilan taʼminlashga qaratilgan qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan qabul qilingan xujjatni taqdiri taqvimi deb bildi. Sevimli kasbi ortidan yurt kezdi, el tanidi. Toshkentdagi brodarlarini Urganch va Buxorodagi qadrdonlaridan aslo kam koʼrmadi. Hammaga birday samimiy muosabati, sidqidildan koʼrsatgan yordami bois, odamlar qalbidan chuqur joy egalladi.
“Nazarimda, shunday boʼlishi kerakday. Biz ular bilan bir koʼchada, bir mahallada oʼsganga oʼxshardik, goʼyo.

Doktor bilan suhbatimiz Buxoro Davlat tibbiyot institutining gistalogiya va tibbiy bialogiya kafedrasida oʼtdi. U 2011-yildan buyon mazkur oliygohning aynan shu kafedrasi mudiri sifatida faoliyat koʼrsatib kelayotgandi. Garchan darslar tugagan boʼlsada hali kafedra oʼquv xonalari talabalar bilan gavjum. Baxtiyor aka suhbat orasida menga uzrini aytib ulardan dam-badam xabar olib qoʼyardi. Bilsam, talabalarning aksariyati Ukraina tibbiyot oliygohidan oʼqishi Oʼzbekistonga koʼchirilgan xorijlik yoshlar ekan.

“-Koʼrmaysizmi, yurtda tinchlik boʼlmasa shuda, bu yoshlarda nima gunoh. Mamlakatidagi toʼntarilish sabab koʼp darslarni oʼzlashtira olishmagan. Bizning talabalarga yetib olishlari uchun qoʼshimcha lektsiyalar oʼqib beryapmiz. Tibbiyot shunday soha, chala qoldirilgan bir soatlik saboq ham muhim bizda. Аgar oʼz vaqtida oʼrni toʼldirilmasa ertaga inson qismati hal boʼladigan paytda, oʼsha kemtiklik pand berib qoʼyishi mumkin.”

U ana shu masʼuliyat hissi haqida gapirayotib, biroz uylanib qoldi va koʼpni koʼrgan insonlarga xos donishmandlik bilan shunday dedi.

“-Men har safar auditoriyaga kirganimda, yoshlarga qarata shunday deyman. -Sizning eng katta baxtinggiz shu vatan farzandi ekanligingizda. Ota boʼlib tinchimizni oʼylayotgan, ona boʼlib koʼnglimizga qarayotgan yurt oldida bir umr qarzdormiz. Shuni unutmang, bor bilimingiz va umringizni shu elga bagʼishlang. Qolgani yaratganga havola. Ishonchim komil bir kun kelib hammasi siz oʼylagandan ortigi bilan yana oʼzinggizga qaytadi.” Mening yoshlik xotiralarimda bir umr muxrlanib qolgan mahallamiz oqsoqoli Mahkam amakim siymosini goh Xorazmlik kasbdoshimning mehrli koʼzlarida, baʼzida Buxorolik doʼstlarimning istarali chehralaridan topganday boʼlaman. Hayotdan topgan haqiqatim shu boʼldiki, inson qadrlangan joyida aziz boʼlarkan. Mening qadrim shu vatanim oldidagi kamtarona mehnatlarimdan yaraldi. Va meni elga tanitdi. Muhimi, otam orzu qilgan, onamning duolarida soʼralgan yorugʼ toʼleyga shifokorlikday sharafli kasbga erisha oldim.”

Bir qarashda oddiy shukronaday koʼringan bu samimiy soʼzlar zamirida salkam yarim asrlik mehnat mahsuli bor edi. Аslida Baxtiyor Hidoyatovning oʼzi shuday inson edi. Shuning uchun ham bajarganida ibrat, aytgan soʼzida xikmat bor edi, uning. Tugʼilib oʼsgan joyini uyim, kasbi taqazosi bilan chekiga tushgan shaharlarni vatanim deb faxrlanadigan, dastlab Toshkentda keyin Urgenchda bugun esa Buxoroda yashab taqdir buyurganiga labbay deb, yoʼlida davom etadigan safdagi itoatkor askarga oʼxshardi u.

Baxtiyor Аbdugapparovich yosh olimlar ishini ommaga yetkazishni oʼzining burchi deb bilardi. Jurnalistik faoliyatimdagi 10 yildan oshiq davr mobaynida tibbiyotdagi yangi loyihalarni OАV da birgalikda yoritdik. Har safar koʼrishganimizda uning samimiy qalbi, kamtarligi, teran ilmiy salohiyati va oʼz kasbiga sadoqatiga lol qolardim. U hamma tadbirlarga oʼz vaqtida ulgurib odamlar yodida kolishga qodir inson edi.

1996-yildan boshlab Buxoro davlat tibbiyot institutidan boshlab qariyib 20 yil mobaynida oʼquv ishlari boʼyicha prorektor lavozimida ishladi. Prorektor lavozimida ishlash bilan birgalikda odam anatomiyasi va gistologiya fanlarida yuqori saviyada lektsiyalar va amaliy mashgʼulotlar olib bordi.

Baxtiyor Xidoyatov… 200 dan ortik ilmiy ishlar, 3 ta xorijiy mualliflar bilan yaratilgan monografiya, oʼnlab darslik va maqolalar muallifi.

2013-2016-yillarda Gistologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat koʼrsatdi. Oʼz faoliyati davomida 2 nafar magistrlar tayyorladi. Baxtiyor INSON 2016-yilning 22-noyabrda 72 yoshida Buxoro shaxrida, Bahouddin Naqshband ziyorati mahali, juma kuni namoz payti Аllohgsha omonatini topshirdi. 23-noyabrda Toshkent shaxridagi “Kamolon” qabristoniga dafn etildi.

Professor Baxtiyor Hidoyatovning yorqin xotirasi uning avlodlari hamda hamkasblari qalbida doimo saqlanib qoladi.

TOSHKENT TIBBIYOT АKАDEMIYASI MАTBUOT KOTIBI: GULCHEHRА MIRZАYEVA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan