TDPU Termiz filialiga bosh universitetdan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor tashrif buyurdi.

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialiga bosh universitetdan Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Ruzimbayevna Feruza Madraximova tashrif buyurdi. Prorektor filialda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ma`naviy-ma`rifiy jarayonlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Tadbirdan foto lavhalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida bosh universitetdan, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialiga Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Ruzimbayevna Feruza Madraximova tashrif buyurdi. Prorektor filialda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ma`naviy-ma`rifiy jarayonlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Feruza Madraximova Murojaatnoma mazmun-mohiyati va unda koʻtarilgan masalalar, mamlakatimizda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha 2021-yil davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan talaba yoshlarga batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliy taʼlim muassasasida sifatli taʼlim-tarbiya berish, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan insonlar etib voyaga yetkazish, ularning hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratish vazifasi belgilanganligini alohida ta`kidladi. Hozirgi kunda darsliklar, kommunikasion aхborot teхnologiyalari qanchalik mukammallashgan va rivojlangan bo’lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati oхir oqibatda o’qituvchi shaхsiga, uning kasbiy mahoratiga bog’liq ekanligini takidladi. Shuningdek, har bir talaba va uning ezgu g‘oyalari, fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv so`ngida, talabalar ham o`zlarining talab va takliflarini bayon etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan