O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Ochiq eshiklar» kuni

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali viloyatimizdagi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli bir necha umumta’lim maktablar bilan ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy uslublardan foydalanish, bitiruvchi o‘quvchilarni oliygohlarga yo‘naltirish va qiziqqan sohalariga keng jalb etish maqsadida hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ygan.
20.01.2021 kuni filialda «Ochiq eshiklar» kuni tashkil etildi. Qo‘qon shahar 37 umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari filialga tashrif buyurib mavjud yo‘nalishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari, shuningdek talabalarning ijodiy namunalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.












O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan