SamVMI NF: “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining maqsadi hamda mazmuni va mohiyatini professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar orasida targ‘ib etish maqsadida “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unga filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov ochib berib, Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmuni hamda unda ilgari surilgan fikrlar borasida batafsil so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, «Tabiiy va umummutaxassislik fanlar» kafedrasi mudirasi D.Bazarbaeva talabalarda yanada aniq tushuncha hosil qilish maqsadida Murojaatnomada amalga oshirilishi belgilangan vazifalar bo‘yicha ma’ruza qildi. Mazkur targ‘ibot tadbiri davomida filial talabalariga to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, Murojaatnomada yoshlar haqida bildirilgan fikrlar va belgilangan vazifalar bo‘yicha filial Yoshlar ittifoqi yetakchisi O.Sheripbaev tomonidan ma’ruza o‘qildi. Mavzu yuzasidan talabalar bilan erkin muloqot olib borildi hamda ular o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilishdi. Talaba yoshlar tadbir yakunida Murojaatnoma bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblar olishdi.

Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan