TIQXMMI Buxoro filiali yoshlarining besh tashabbus doirasidagi tadbirlari

Filialning ikkinchi son talabalar turar joyida yashovchi talabalarining o’z tashabbuslari bilan joriy yilning 24 yanvar sanasida filialning madaniyat saroyida besh tashabbus doirasidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda filial direktori, direktor o’rinbosarlari, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti faollari, filialnning talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirni filial direktori Imomov Shavkat Jaxonovich kirish so’zi bilan ochib, talaba yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning jamoat tadbirlarida doimiy ishtirok etib, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, shu bilan birgalikda filialda talaba yigitlar uchun sartaroshxona tashkil etilgani, talaba qizlar uchun tikuvchilik sexi va salon ochilayotganligini ta’kidlab, barcha talabalarni faol bo’lishga chaqirdi.
Shundan keyin tadbirning badiiy qismiga start berildi. Tadbir davomida fiilialning talaba yoshlari tomonidan ko’ngil ochar qo’shiqlar, sherlar, turli xil sahna ko’rinishlari, quvnoqlar va zukkolar jamoasining chiqishlari yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbirni yoshlar katta qizish va yuqori xursandchilikda kuzatishib, o’yin-kulgu bilan nishonlashdi.
Tadbir ishtirokchilaridan biri – bizga manashunday tadbirlarni tashkil qilib bergan filialimiz direktoriga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu galgi tadbir o’tgan tadbirlarga nisbatan boshqacha bo’ldi. Mamlakatimizda biz yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Mendek O’zbekiston yoshlari uchun qaratilgan e’tibor, bizlarni qo‘llab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani ko’rib, biz kabi o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigining ochib berilgani ertangi kunga va kelajakka ishonchimizni yanada oshiradi deya biz bilan fikr almashdi.
Haqiqatdan ham hozirdan yoshlarga e’tibor berish, ularning taklif va muammolarini eshitgan holda hal etish, ularning dardi bilan yashash ertangi kunimizning poydevorini qo’yish demakdir. Zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlari, uchunchi renesans davrining poydevorlaridir.






TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan