TIQXMMI Buxoro filiali direktori professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar bilan uchrashdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori Shavkat Imomov professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning 29-dekabr sanasida Oliy Majlisga yo’llagan Murojatnomalarida belgilangan vazifalar hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Shuningdek, resublikamiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning targ‘iboti va unda belgilangan dasturlarni amalga oshirish borasida filial oldida turgan aniq vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda ta’lim berishda innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish, o‘zlashtirilgan ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash, mustaqil dars soatlarini tashkil etish, innovatsion korporativ hamkorlik doirasida ish beruvchi korxonalar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish, ularda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida amaliy dars soatlarini muntazam o‘tkazish borasidagi ishlarga e’tiborni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, umume’tirof etilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, filial reytingini ko‘tarishda faol ishtirok etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birgalikda professor-o’qituvchilari tomonidan filialni 2021-yilda barcha sohalarda rivojlantirish strategiyasi uchun takliflari tinglandi. Takliflarda innovatsion o’qitish sohasini yanada rivojlantirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va buning natijasida turli xil holatlarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni tubdan takomillashtirish, o’quv va tarbiyaviy jarayonlarining yangi bosqichini yaratish hamda ilmiy, innovatsion ishlanmalarni yanada kuchaytirishga qaratildi.
Aytib o‘tildiki, bugun davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimiga yuksak e’tibor berilmoqda. Professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlari keskin oshirildi, xorijda malaka o‘tashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu o‘z navbatida sohada mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilardan katta mas’uliyatni, samarali faoliyat olib borishni talab qiladi.








TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan