TIQXMMI Buxoro filialida besh tashabbus doirasida sport festivali bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda yoshlarga bo’lgan e’tibor, o’sib kelayotgan barkamol avlodga bo’lgan g’amxo’rlik davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo’llab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o’g’il-qizlar uchun ko’plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
Anashunday bunyodkorlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni sportning turli xil turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilgan holda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus doirasida filialda joriy yilning 30 yanvar sanasida “Sport festivali” bo’lib o’tdi.
Dastlab festivalni filial direktori professor Sh.Imomov yig‘ilganlarni festival mazmuni bilan tanishtirib, barchani tashkil etilgan festival sayliga taklif etdi.
Sport festivalida filialning talaba yoshlari, professor-o’qituvchilari va ishchi xodimlari ishtirok etishdi. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan festivalda talaba yoshlar sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, armrestling, stol tenisi, kurash turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashishgani fikrimizga isbot bo‘la oladi.
Besh tashabbus doirasidagi “Sport festivali” chin ma’noda yoshlar bayramiga aylandi. Bayramda esa hamma quvonchda, yaxshi kayfiyat qurshovida bo‘ldi. Festival yakunida esa, sport musoboqalarida g’olib bo’lgan yoshlar taqdirlanishdi.












TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan