TTYeSI: Rektor va murabbiylar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” nomli videoselektor uchrashuvi mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda institutda selektorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda institut rektori Ilxom Sabirov Kaxramanovich, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, institutning barcha murabbiy va xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida institut rektori Ilxom Sabirov bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, institutda kuzatilayotgan yangilik va o‘zgarishlar, 2020-yil 29-dekabr kuni Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasi ma’no-mohiyati, jumladan, unda aytib o‘tilgan vazifalar, ayni vaqtdagi jarayonlarga nisbatan talaba-yoshlarning uyg‘oqlik darajasini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash tog‘risida batafsil gapirilib o‘tildi.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan