AQXAIda «Rektor kubogi» zakovat intellektual o‘yini

Bugungi kunda yosh avlodni yanada bilimli, zukko, teran fikrlash, bilim darajasini yanada yuksaltirish maqsadida Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalaridan tashkil topgan 14 ta jamoalari o‘rtasida «Rektor kubogi» uchun zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Har bir jamoa 6 nafar talaba yoshlardan tashkil topgan bo‘lib, murosasiz bellashdilar.

“Algoritm” jamoasi birinchi, “Yetakchilar” jamoasi ikkinchi, “Liderlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar.
SHu va shu kabi intellektual o‘yinlar yoshlarimizning nafaqat xuquqiy, balki ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy bilimlarini va salohiyatlarini yanada oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
“Zakovat” intellektual o‘yiniga 2001 yildan boshlab asos solingan bo‘lib, yoshlarimizning salohiyatini va ma’naviyatini oshirish, tarix, adabiyot, madaniyat, ta’lim, san’at, sog‘liqni saqlash sohalarini yuksaltirish va rivojlantirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan