Namangan muhandislik-qurilish institutida “Imom va yoshlar” uchrashuvi

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Imom va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Namangan viloyat vakilligi Namangan shahrida joylashgan “Boqi polvon” masjidi imom-xatibi Abdulloxon Samatov hamda Viloyat Hokimining Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi mutaxassisi Musoxon Oppoqovlar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar yoshlar bilan kechgan samimiy muloqotda mamlakatimiz rahbarining ertangi kun egalariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga to‘xtaldilar. Ular har bir insonning diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy kamoloti va insoniylikning ahamiyatli jihatlarini tushuntirdilar. Yoshlarni munosib kasb egasi bo‘lish, shu aziz Vatan uchun xizmat qilishga chaqirdilar.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan