Navoiy davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavallud topgan kunining 580 yilligiga bag‘ishlangan badiiy kecha

Alisher Navoiy tavallud topgan kunining 580 yilligiga bag‘ishlangan badiiy kecha.

9-fevral, xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkori Xazrat Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga 580 yil to‘ladi.

Ana shu kutlug‘ kun munosabati bilan, 5-fevral kuni Yoshlar markazida, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida «Erur chun olam ichra yaxshi ot boqiy» mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Unda, Viloyat hokimligi vakillari, Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti, San’atshunoslik fakulteti talabalari, professor-o‘qituvchilari, Alisher Navoiy ijodining ihlosmandlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, SamDU professorlari A.Nosirov, U.Qobilov hamda O‘zbek adabiyoti kafedrasi dosenti T.Xo‘jayev va kafedra professori A.Xolmurodovlar ma’ruza qildilar.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan