O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Adabiy-badiiy kechaga Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti «O‘zbek tili va adabiyoti» fakulteti professor-o‘qituvchilaridan Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mo‘minjon Siddiqov, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahbubaxon Tojiboeva hamda katta o‘qituvchi Hikmatxon Ahmedovalar tashrif buyurishdi.
Badiiy kecha davomida adabiyotshunos olimlar tomonidan buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiyning betakror asarlari, hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, filialning ijodkor talabalari tomonidan shoirning qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan