Urganch davlat universitetida «Yoshlar ta`lim-tarbiyasida oila-universitet-mahalla hamkorligining o’rni» mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi

Yoshlar ta`lim-tarbiyasida oila-universitet-mahalla hamkorligining o’rni

2021-yil 5-fevral kuni Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Urganch shahri IIO FMB, “Ma’rifatchi” MFY hamkorligida «Yoshlar ta`lim-tarbiyasida oila-universitet-mahalla hamkorligining o’rni» mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Pedagogika va Fizika-matematika fakultetlari professor-o`qituvchilari va talabalari ishtirokidagi ushbu tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, ta`lim va tarbiya sohasiga e`tiborni kuchaytirish, bu borada davlatimiz rahbariyati tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, ko`rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, universitet hamkorligi faoliyati o`ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega ekanligini ta`kidladi.

Shuningdek, tadbir mehmonlari viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, podpolkovnik H.Matyoqubov, Urganch shahri bo’yicha IIO FMB boshlig’ining o’rinbosari, podpolkovnik B.Xayitboyev, “Ma’rifatchi” MFY raisi A.Xajiyevlar so`zga chiqib, bugungi kunda yoshlar ongiga axloqiy tarbiyani singdirishning mohiyati dolzarbligi, ta`lim-tarbiya maskanlari, oila va mahalla hamkorligida yosh avlod onggi, ruhida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo`ymaslik, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti ijtimoiy muhit, yashash sharoitlari, mehnat va turmush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo’lishi negizida shakllanishi kabi masalalarga to`xtalib o`tishdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan kuy-qo`shiq va she`rlar ijro etildi.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan