Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Ko‘ngilli yoshlar guruhi” faoliyatini boshladi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Ko‘ngilli yoshlar guruhi” faoliyatini boshladi. Maqsad, talabalarimiz ko‘magida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan honadonlardagi tomorqa yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, sabzavot ekinlarini zararkurandalardan himoya qilish, shuningdek, quyonchilik, asalarichilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishda zarur bo‘lgan tavsiyalar jamlanmasini hamyurtlarimizga ulashish. Ushbu qo‘llanmalar professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy asoslanganligi va ayniqsa, oddiy aholi uchun tushunarliligi bilan ahamiyatli. Andijon tumanidagi “Oyjamol”, “Daryo bo‘yi” MFY aholisiga qo‘llanmalarni topshirish ishlari 6 fevral sanasidan boshlandi. Talabalarimiz ko‘magida barcha shahar va tumanlardagi MFYlarda mana shunday ishlar davom ettiriladi.









Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan