O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filialida Alisher Navoiyning 580 yilligigiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan shoir ilmiy-ijodiy faoliyatiga oid kitoblar yarmarkasini tashkil etish belgilangan.
Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 580 yilligigiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada buyuk adibning betakror asarlari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, ruboiylar va g‘azallari bitilgan bir necha badiiy kitoblar filialning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida Navoiy siymosi va uning ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi.
Shuningdek, bugungi tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida yangi chop etilgan o‘zbek va jahon adabiyotiga doir badiiy kitoblar ham namoyish etildi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan