SamVMI NF: “Navoiy va yoshlar” nomli adabiy-badiiy kecha

Filialda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Barchamizga ma’lumki, 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Joylarda shoir tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida ham Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy va yoshlar” atamasida adabiy-badiiy kecha tashkillashtirildi. Unga Qoraqalpoq davlat universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi assistenti I.Kuchkarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshlig‘i yordamchisi N.Sharibaev, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov tadbirni ochib berib, barchani buyuk bobakalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng tashrif buyurgan mehmon I.Kuchkarov so‘zga chiqib, Xazrat Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi hamda asarlari haqida batafsil so‘z yuritdi. Tadbir filial talabalari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kecha bilan davom etdi. Ular g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning ruboiy hamda g‘azallarini yurakdan his qilib,ijro etishdi. Uning she’riyati har birimizning qalbimizdan chuqur joy olgan. Uning boy ijodini o‘rganish hamda filial talabalari orasida keng targ‘ib qilish maqsadida shu singari tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda. Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi filialimizda ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan