TDPU Termiz filiali: Navoiyni ulug`lab…

So`z mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ilk ma`lumot beruvchi manba bu shubhasiz u zotning o`z asarlaridir. Shoir garchi o`z tarjimaiy holini maxsus yozib qoldirmagan bo`lsa-da, lekin Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsiyati, ijodiy va ijtimoiy faoliyati haqida muayyan fikrlar keltirilgan. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali MAKTABGACHA TA`LIM KAFEDRASI professor o`qituvchilari va talabalri tomonidan Mir Alisher Navoiy hazratlarining 580 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ayni jihatlar e`tirof etildi. « Navoiyni ulug`lab«mavzusida bo`lib o`tgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va g‘azallar o‘qildi, uning shoir va davlat arbobi sifatida bosib o‘tgan yo‘li, qilgan ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar o‘qib eshittirildi hamda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan sahnaviy ko`rinishlar talaba yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, Navoiy g`azallari hamda g`azallar asosida yaratilgan dilbar kuy-qo`shiqlar yig`ilganlar ko`nglida xushnudlik uyg`otdi. Ushbu beqiyos ma`naviy merosning yoshlar tarbiyasidagi o`rni xususida fikr mulohazalar bildirildi.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan