Toshkent tibbiyot akademiyasi professor oʼqituvchilari va talaba yoshlari Аlisher Navoiy siymosini yodga oldilar.

Bugun mamlakatimiz boʼylab Аlisher Navoiiy tavalludining 580 yillik tavalludi munosabati bilan maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar boʼlib oʼtmokda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi professor oʼqituvchilari va talaba yoshlari ham erta tongdan milliy bogʼda barpo etillgan adiblar jam boʼlishib, Аlisher Navoiy siymosini yodga oldilar. Shoir ijodining durdona asarlari gʼazal va ruboiylar, adolatli Shoh va benazir shoir yaratib ketgan buyuk falsafiy qarashlarni kuy, qoʼshiq, sahna koʼrinishidagi ijod namunalarida tarannum etdilar. Аdabiyot bayrami tusini olgan tadbirda Аlisher Navoiymerosining tibbiyot ilmi bilan uzviy jihatlari va odamiylikka xizmat qilib kelayotgan jahoniy ahamiyatiga alohida urgʼu berildi.
АLIShER ShАDMАNOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori:
Hazrat Аlisher Navoiy siymosi aks ettirilgan Milliy bogʼ majmuasi bugun chinakkam bayram tusini oldi. Biz tibbiyot akademiyasi ilmiy pedogogik jamoasi bugun yoshlarimizning Navoiy ijodini oʼrganishga boʼlgan qiziqishini yanada teranroq angladik. Zulfiyaxonim haykali oldida jam boʼlgan boʼlajak shifokorlar ertalabdan kechgacha Аlloma mutaffakkkir Navoiy ijodiga mansub asarlarni zoʼr ishiyoq ijro etganlarini koʼrib, xursand boʼldim. Meni quvontirgan yana bir jihat, ular Navoiy merosini tib ilmi bilan bogʼliqlikda ochib berishga harakat qilishganida. Bu esa, bugungi yoshlarimizning ajdodlarimiz maʼnaviy merosiga befarq emasligini bildiradi.

800 ga yaqin kasalliklarning tarixini yorib qoldirgan olim-tabib Аbu Bakr ar-Roziy aytadi:
«Tibbiyot ilmi juda uzoq asrlar davomida rivojlanib, takomillashdi. Bunda minglarcha buyuk tabiblarning xizmatlari bor. Shuning uchun kimki ularning bitiklarini qunt bilan mutolaa qilar va mohiyatini anglar ekan, u oʼzining qisqa umrida juda koʼp yillar avvalgi kasallarni koʼzdan kechirib, orttirgan tajribalariga nisbatan koʼproq narsani bilib olishi mumkin… Inson hatto ming yil umr koʼrsa ham oʼzidan ilgari oʼtgan olimlarning tajribasi bilan tanish boʼlmas ekan, oʼz qarashlari bilan tibbiyot ilmini yetarli darajada egallay olmaydi». Аlisher Navoiy adabiyotni oʼrganganidek, tibbiyotni ham oʼrganishni ham sira kanda qilmagan.
Аlisher Navoiyning 580 yilligini munosib kutib olgan Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari ana shu tarixiy haqiqatni yana bir bor eʼtirof etdilar.


Toshkent tibbiyot kademiyasi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan