Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida “Direktor kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi!

Respublika yakkakurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi kurash zalida «Filial direktori kubogi» sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sportning kurash turidan tashkillashtirilgan mazkur musobaqaga jami 40 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov musobaqani ochib berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4881-son qarorining mazmuniga alohida urg‘u berib o‘tdi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash orqali filial talabalari orasida kurash milliy sport turini rivojlantirish hamda sog‘lom-turmush tarzini shakllantirish maqsad qilinganligini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bilan zafar tiladi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i E.Seytmuratov va bo‘lim uslubchisi A.Seytkamalovlar ishtirokchilarni musobaqa qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Filial talabalari orasida kechgan kurash musobaqasi kuchli hayojon va qizg‘in taassurotlarga boy tarzda bo‘ldi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, turli vazn toifalarida 1-bosqich talabalari, jumladan, E.Nurmuxanov, A.Daulenov, A.Ualibergenov, R.Janibekov, J.Qalxamanovlar hamda M.Sulaymanovlar fahrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lishdi. 2-o‘rinni esa 3-bosqich talabasi N.Ozodov hamda 1-bosqich talabalari A.Qoshqarov, I.Qosibaev, A.Mirzabaev, I.Auezbaevlar 2-o‘rinni egallashdi. Shuningdek, 3-bosqich talabalari M.Jumabaev, R.Gayipov, J.Yaumitbaev va Q.Mambetkarimov, 2-bosqich talabasi A.Turkmenbaev hamda 1-bosqich talabalari F.Radjapbaev, Sh.Hashimov, Q.Seytnazarovlar 3-o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldilar. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha talabalarni filial direktori A.Esimbetov samimiy tabrikladi hamda tantanali ravishda medallarni topshirib, ularni diplom va qimmatboha sovg‘alar bilan taqdirladi. Zavqli tarzda bo‘lib o‘tgan «Filial direktori kubogi» sport musobaqasi barchaga birdek pozitiv kayfiyat ulashdi. Eng muhimi kurash bellashuvi halol va shaffof tarzda o‘tkazildi. Buni ishtirokchilar ham e’tirof etishdi. Yakuniy so‘z o‘rnida filial talaba yoshlari orasida tashkillashtirilgan mazkur musobaqa ajoyib taassurotlarga boy tarzda bo‘lib o‘tganligini ta’kidlab o‘tishimiz o‘rinli bo‘ladi.

Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan