Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti: Rektor va yoshlar uchrashuvi

 

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Madaniyat saroyida institut rahbariyati tashabbusi bilan rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Bunda Institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich, Paxta sanoat texnologiyasi va To‘qimachilik sanaot texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bugungi kunda institutda yaratilgan sharoitlar, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlash kerakki, institutda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan malakali kadrlar yetkazish maqsadida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda ham har bir talabaning fikr-mulohaza va takliflari tinglandi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul shaxslarga vazifalar yuklatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan