M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali talaba-yoshlar va tuman inspektorlari bilan uchrashuv

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari bilan “Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikning oldini olish” mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda filialning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Sh.Mirzayev, Mirobod tuman IIO FMB XPB XKMB inspektorlari: podpolkovnik Djaxanova Madina Rimovna, mayor Kamilova Nigora Maxmudovna, mayor Kamalova Maxsuda Shamilyevna, filial huquqshunosi E.Abzalov, shuningdek Filialning professor-o‘qituvchilari va 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Sh.Mirzayev kirish so‘zi bilan ochdi va jamiyatimizda bugungi kunda yoshlarni qo‘llab – quvvatlash, xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda Mirobod tuman IIO FMB XPB XKMB mayori Kamilova Nigora Maxmudovna so‘zga chiqib, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining hususiyatlari va huquqiy oqibatlari, jazo choralari hamda jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinlarini himoya qilish, Gender tengligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi. Shuningdek, bugun amaliyotda qo‘llanilayotgan “Himoya orderi” va uning huquqiy kafolatlari haqida ham keng tushuncha berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan soha mutaxassislari va talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob o‘tkazildi, yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan