Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasi Polosk davlat universiteti hamkorligi

Hamkorlik ishlari amalda

Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 1-mart kuni Navoiy davlat pedagogika institutiga hamkor Belarus Respublikasi Polosk davlat universitetining mutasaddi vakillari tashrif buyurishdi.

✅2019 yilda imzolangan shartnomada, har ikkala OTMlar oʻrtasidagi maʼmuriy, tashkiliy, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda tegishli yoʻnalishlar, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik sohasida tajriba almashish, hamkorlikda muntazam oʻtkazilib kelinayotgan onlayn konferensiyalarni koʻlamini yana-da kengaytirish va ilmiy maqolalar chop etishni amalga oshirish kelishib olingandi.

✅Hamkorlik doirasida 2020-2021 oʻquv yili uchun “Amaliy psixologiya”, “Rus tili chet tili sifatida” 2 ta akademik guruhi tashkil etildi hamda qoʻshma taʼlim (2+2) dasturi yoʻlga qoʻyildi.

✅Kelgusida ilmiy tadqiqot sohasini yana-da rivojlantirish, mamlakatlarda oliy taʼlimga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi istiqbolli vazifalar hamda amaliy rejalar tuzildi.

✅Shuningdek, delegatsiya aʼzolari shu yoʻnalishlarda taʼlim olayotgan talabalar bilan suhbat oʻtkazdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan