O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida sport musobaqasi tashkil etildi

Sport bilan og’usiz hayot sari.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan.
Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respubliasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 4-martdagi 87-06-302 sonli xati ijrosini bajarish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida sport musobaqasi tashkil etildi.
“Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va filial talabalari sportning futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, yengil atletika, arqon tortish, armrestling, tosh ko‘tarish, qo‘llarni bukib yotish kabi turlari bo‘yicha bellashdilar.
Sir emaski, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodning har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga qaratilganligi zamirida ham ulkan ma’no mujassam.
– Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonni ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Sport bilan shug‘ullanish nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki inson miyasi uchun ham foydali, reaksiyani tezlatadi hamda tez qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Bugungi kabi sport tadbirlarini tashkil etilishi esa jamoani yanada birlashishiga, do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur sport musobaqasi filialda davom etmoqda. G‘oliblar esa 19-mart kuni musobaqa natijasi bo‘yicha e’lon qilinadi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan