Termiz davlat universitetida Milliy kurash bo’yicha Vazir kubogi musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

10-mart kuni Termiz davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirining Milliy kurash bo’yicha Vazir kubogi musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur musobaqada Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining kurashchi talaba qizlari ham munosib ishtirok etdilar. Yaxshi tayyorgarlik olib borgan, gilamda raqibiga qarshi mahorat bilan kuch ishlata olgan kurashchilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, g‘oliblik shohsupasidan joy egalladilar. Quvonarlisi g’oliblar orasida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishining 2-kurs 205-guruh talabalari 66 kg vazn toifasida Eshturaeva Saodat 1-o’rin
Muxammadiyeva Muxlisa 3-o’rinni egallab musobaqaning Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar hamda ularga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Kurashchi qizlarimizni g’alaba bilan tabriklab kelgusidagi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan