TIQXMMI Qarshi filialida AQSHlik professor-o‘qituvchi ish faoliyatini boshladi

Barchamizning xabarimiz borki mamlakatimizga 27 nafar amerikalik o‘qituvchilar tashrif buyurishdi va ish faoliyatilarini O‘zbekistondagi maktablar va OTMlarda boshlashdi. Ushbu o‘qituvchilardan biri mana uch haftadan buyon TIQXMMI Qarshi filailida “Fulbtight English Teaching Assistant” dasturi doirasida AQSHning Chikago universiteti bitiruvchisi Paul Joseph Hoke o‘z ish faoliyatini boshladi.

Darslar faqat ingliz tilida hech qanday tarjimonlarsiz, haqiqiy ingliz tili muhiti yaratilgan holda olib borilmoqda. Amerikalik o‘qituvchining darslari talabalarda o‘zgacha taassurot uyg‘otmoqda. Chet ellik o‘qituvchining filialga ishga jalb qilinishi talabalarda ingliz tilini o‘rganishida, kelajakda xorijiy OTMlarida o‘qish faoliyatilarini olib borishida katta motivatsiya beradi degan umiddamiz.

Paul Joseph Hokening TIQXMMI Qarshi filialidagi faoliyati 2021-yilining oxirigacha davom etadi. Bundan tashqari Amerikalik o‘qituvchi tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun ham maxsus “Ingliz tili kursi tashkil etish rejalashtirildi”.

TIQXMMI Qarshi filiali Matbuot xizmati F.Najimov axboroti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan