20 nafar Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari Toshkent-Samarqand-Buxoro viloyatlariga sayohatga yoʻl olishdi

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faol va iqtidorli talabalari «O’zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati homiyligi asosida 20 nafar talaba-yoshlar Toshkent-Samarqand-Buxoro viloyatlariga sayohatga yoʻl olishdi. Talabalar 9-mart kuni Toshkent viloyatidagi O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorliklar majmuasi, Hazrati Imom hamda Suzuk ota majmuasi, Zangi ota nomi bilan mashhur bo’lgan so’fiylik targ’ibotchisi shayx Oyxo’ja ibn Tojxo’ja sharafiga atalgan yodgorliklar majmuasiga shuningdek Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qabrlari ziyorat qilindi.10-11 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi, tashrif doirasida talabalar Registon maydoni, Mahdumi A’zam yodgorlik majmuasi, birinchi prezidentimiz Islom Karimov, Xo‘ja Doniyor, Imom Al-Moturidiy, Shohi zinda, Amir Temur maqbaralari hamda Xo’ja Ahrori Valiy ziyoratgohlarida bo’lishdi.
Yoshlarimiz maʼnaviy hordiq olishmoqda ularning kayfiyatlari aʼlo darajada, sayohat davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan