Salomatlik – tuman boylik! O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filialida karantin qoidalari

Salomatlik – tuman boylik, deyishadi dono xalqimiz. Darhaqiqat, bu naqlning qanchalik to‘g‘riligini Covid-19 pandemiyasi ko‘rsatib berdi. Shuningdek, ushbu pandemiya insonlarga shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy amal qilishni, tozalikka jiddiy e’tibor berish kerakligini, sog‘ligimiz o‘zimiz va yaqinlarimiz uchun muhim ekanligini isbotladi. O‘zimizni, yaqinlarimizni asrash esa o‘z qo‘limizda ekanligini tushunib yetdik.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ham sanitariya-gigena qoidalariga amal qilgan holda an’anaviy darslar olib borilmoqda. Bu qoidalarga amal qilish esa filialimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, talabalar va xodimlar hayoti va sog‘lig‘i uchun muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, har kuni erta tongdan, filialimiz darvozasidan kirayotgan har bir kishining niqobda ekanligi ko‘zdan kechirilib, qo‘llariga antiseptik vositalar sepilmoqda. Har bir o‘quv dars xonalarida antiseptik vositalar mavjud. Bundan tashqari filial binosining o‘quv xonalari, zinalar, koridorlar va hojatxonalar xlor moddasi orqali doimiy dezinfeksiya qilinmoqda.





O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan