Toshkent tibbiyot akademiyasida g’oliblar taqdirlandi

Ilm o‘rganish va o‘rgatish yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli mehnat har doim e’tiborga, rag‘batga loyiq topilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasida baholash mezoni va indekatorlarining yangicha yondoshuviga asoslangani bois, adolatli saralash mexanizmi paydo bo‘ldi. Bu esa qator ijobiy natijalarga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasining bugun bo‘lib o‘tgan Ilmiy kengash yig‘ilishida Navro‘z bayrami munosabati bilan avvalroq start berilgan nominasiyalar bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Akademiya rektori professor A.Shadmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasini Navro‘z bayrami bilan tabriklab ilm safida mehnat qilayotganlarning eng ilg‘orlari, eng natijadorlarini saralab ularni rag‘batlantirishdan mamnunligini bildirdi.
Shu kuni “Eng faol fakultet”, “Eng faol bo‘lim”, “Eng faol magistratura kafedrasi”, “Malaka oshirish sohasida eng yaxshi yo‘nalish”, “Ma’naviy ishlar sohasidagi eng faol bo‘lim”, “Eng faol ordinatura yo‘nalishi”, “O‘quv ishlar sohasidagi eng faol bo‘lim”, “Ilmiy ishlar sohasidagi eng faol bo‘lim” hatto “Xo‘jalik sohasidagi eng yaxshi ishlari uchun” kabi o‘nlab nominasiyalar g‘oliblarining tashabbusli harakatlari va barchaga o‘rnak qilib ko‘rsatishga arzigulik innovasion g‘oyalari o‘zining munosib bahosini topdi.
Tanlov natijalariga ichida “Eng yaxshi darslik muallifi”, “Eng yaxshi patent muallifi” , “Eng yaxshi dissertasiya muallifi” va“Yilning eng dolzarb grant loyihachisi” singari e’tiroflarning borligi Tibbiyot akademiyasida adolatli baholash mezonlari sabab ilmiy izlanishlar salmog‘i va sifat darajasi o‘sib borayotganligini bildiradi.
Ilmiy Kengash yig‘ilishi so‘ngida, endilikda har bir kafedra va har bir ilmiy xodimning ishlari natijalari yil yakuni emas, har chorak va har oyda bo‘lib o‘tadigan rektorat yig‘ilishlari, ilmiy kengashlarda shu tarzda e’lon qilib borilishi aytildi.
Bu esa o‘z navbatida Akademiya reytinggi, obro‘si va imidjiga katta hissa bo‘lib qo‘shilishi bilan birga, nufuzli ilmiy jamoada mehnat qilayotganlarni e’tirof etish imkonini beradi.
Ilmiy taffakkur e’zozlansa, yaxshi tashabbuslar qo‘llab quvvatlanib, ustozlar ulug‘lansa shogirdlar qalbida ilm kishisiga nisbatan 10 karra ortiqroq ishonch uyg‘onadi. Bunday e’tirof mezoni akademiya ilmiy – pedogogik jamoasini bir maqsad yo‘lida birlashtirib, ustoz va shogirdlik aan’analarining yanada chuqurroq ildiz otishiga sabab bo‘ladi.









Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan