Urganch davlat universiteti rektori maktablarga tashrif buyurdi

Joriy yilning 16-mart kuni UrDU rektori B.Abdullayev Xonqa tumanidagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga hamda Yangiariq tumanidagi Mahmud az-Zamaxshariy nomli 11-son ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida maktablarning bitiruvchi o’quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda bugungi kunda oliy ta’lim va maktab o’rtasidagi hamkorlik aloqalari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida so’z bordi.

Talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lgan 50 nafar talaba qizni ya’ni boquvchisini yo’qotgan, kam ta’minlangan oila farzandlarining to’lov kantraktlarini to’lab berishni Urganch davlat universiteti o’z zimmasiga olishi universitet rektori tomonidan alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi o’quvchilar va ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan