NavDPI Rossiya Federasiyasining Glazovskiy DPI bilan shartnoma imzoladi

Oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi va xalqaro reytinglarda e’tirof etilishida uning yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, Navoiy davlat pedagogika instituti 20 ga yaqin jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Institutimizda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 5-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federasiyasining V.G.Korolenko nomli Glazovskiy davlat pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnoma doirasida ta’lim, fan va madaniyat sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, bakalavriat va magistratura dasturlari, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni o‘qitish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini tayyorlash sohasida hamkorlik, shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar, mahorat darslarini o‘tkazish, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari va boshqa shu kabi tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan