O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Kitobxonlik haftaligi»

Bugun filialda yaqinda nashrdan chiqqan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, «Shuhrat» medali, «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni va «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni sohibi Rafiqjon Ahmedovning «G‘ijjak nolasi» hamda «Xalq ijodiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi G‘ofirjon Yunusovning «Folklor jamoa ijrochiligi» nomli mualliflik kitoblarini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Kitob taqdimotida filial talabalari hamda Qo‘qon shahrida uzoq yillardan buyon ijod etib kelayotgan shoir va yozuvchilardan Shahodatxon Islomova, Anoraxon Shomirzaeva hamda Bahromiddin Hayratlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kitoblarning mazmun-mohiyati, ilmiy va ijodiy hususiyati borasida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, filial talabalari ijrosida ustoz san’atkor Rafiqjon Ahmedov bastalagan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan