Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazida “Zukko kitobxon” loyihasi 2-tur o’yinlari

✨Kitob oʻqimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yoʻq. Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi. Sh.Mirziyoyev

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazida “Zukko kitobxon” loyihasining 2-tur o’yinlari bo’lib o’tmoqda.
✨Turnirni universitetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Xashimxonov va ma’naviyat-maʼrifat markazi direktori Sh.Poʻlatov kirish soʻz bilan ochib berishdi.
✨Navbatdagi turnirda universitet talabalaridan tashkil topgan 40 ga yaqin jamoasi ishtirok etmoqda.
✅»Zukko kitobxon» turniri har oyda bir marotaba o’tkaziladi va kitobxonlarga oy davomida o’qish uchun 7 ta o’zbek va jahon adabiyotidan na’munalar taqdim qiladi. Ularning 4 tasi o’zbek tilida, 2 tasi rus tilida hamda 1 tasi ingliz tilidagi adabiyotlar.
✅Zukko kitobxon turniri so’ngida eng yuqori ball yig’gan jamoalar esdalik sovg’a va diplom bilan taqdirlanadi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan