Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108 son Farmoniga binoan, Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘lamini kengaytirish uchun, Guliston davlat universiteti, Pedagogika fakulteti Pedagogika psixologiya yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Islamova Durdonaxon Rustamovna tomonidan Guliston davlat universiteti, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda magistr va iqtidorli talabalari ishtirokida “Yosh ijodkorlar” to‘garagi rahbari Gulzoda Tashmatova boshchiligida navbatdagi: “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, talabalarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar” doirasida 06.04.2021 da fakultet miqyosidagi konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar asosida olib borildi:
– Turizmning tarbiyaviy ahamiyati;
– “Gender tenglik” ijtimoiy-tarixiy kategoriya sifatida;
– Shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalash muammosi;

Yo‘nalishlar asosida “Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblar belgilandi. Tadbirda ishtirok etgan barcha faol talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Konferensiyada Yangiyer shahar Xalq Demokratik Partiyasi raisi A.A.Toshmatov, Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi Yangiyer shahar bo‘linmasi rahbari S.N.Gulmuratov, Pedagogika fakulteti dekani J.K.Komilov hamda fakultet professor o‘qituvchilari o‘z fikr-mulohazalari bilan tadbirimizni yanada mazmunli qilishdi.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan