Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida «Xalqimiz dahosining buyuk timsoli» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Bugun Shahrisabz shahridagi «Oqsaroy» majmuasi maydonida buyuk sarkarda va davlat arbobi sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan «Xalqimiz dahosining buyuk timsoli» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Institutning «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi hamda Geologiya va konchilik fakulteti hamkorligida tashkillashtirilgan tadbir avvalida, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo’yildi. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Xayriddinov, O’RFA Yaxyo G’ulomov nomli Samarqand Arxeologiya instituti ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori S.Raimqulov, Shahrisabz shahar muzey-qo’riqxona bosh direktori, tarix fanlari nomzodi N.Xushvaqtov, dekan muovini M.Allanazarov, «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri B.Ahmedov va dotsent Y.Manzarov kabi ma’ruzachilar o’z so’zlari davomida Amir Temurning o’zbek davlatchiligidagi o’rni va davlat boshqaruvining falsafiy-huquqiy asoslari, tarixdagi buyuk xizmatlari, bunyodkorlik ishlari, mustaqillik yillarida sohibqiron siymosiga bo’lgan munosabat mavzularida fikrlar bildirdilar, tarixiy dalil va faklardan keltirdilar.
Shuningdek, viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan «Sohibqironni yod etib…» deb nomlangan kichik sahna asari namoyish etildi, Shahrisabz maqom ansambli qo’shiqchilari o’z musiqiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko’tarinki ruh olib kirdilar.
Tadbir so’nggida mehmonlar Temuriylar muzeyiga sayohat qildilar.






QarMII axborot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan