Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida «Kitobxonlik haftaligi» bo’lib o’tdi

Bilsangiz kerak, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi qarori bilan 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi. Qabul qilingan hujjatda har yili aprel oyining birinchi haftasida “Kitobxonlik haftaligi”ni o’tkazish belgilangan.
Bugun institutda ayni shu haftalik doirasida “Kitobxonlik yarmarkasi” bo’lib o’tdi. Axborot-resurs markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda rektor O.Bazarov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor G’.Uzoqov, ARM rahbari F.Norqobolova so’zga chiqib, kitob bilim bulog’i ekanligi, kitobxon kishilar jamiyatda o’z o’rnini tezda topa olishi, bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor haqida gapirdilar.
Yarmarka davomida “Yangi O’zbekiston – yoshlar nigohida” deb nomlangan rolik ham namoyish etildi va unda prezidentimiz tomonidan ayni mavzuga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida hikoya qilingan. Shuningdek, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov qalamiga mansub eng sara she’rlar o’qib eshittirildi, talaba-yoshlarning besh tashabbus doirasidagi bilimlari sinovdan o’tkazildi.
Shu o’rinda aytish kerakki, institut axborot-resurs markazi kitob fondi 172 ming donadan ortiqni tashkil etadi va shundan 11 ming 650 dan ortiqrog’i elektron kitoblardir.





Ayni kunlarda mamlakatimiz miqyosida «Kitobxonlik haftaligi» yarmarkasi hamda Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2-sonli talabalar turar joyida bo’lib o’tdi. Unda rektor O.Bazarov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Xayriddinov, TTJ tarbiyachi-pedagogi U.Rajabov, ARM rahbari F.Norqobilova, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
– Amir Temur shaxsini yanada yaxshiroq tanish, uning buyuk davlat asoschisi, xarbiy sarkarda hamda bunyodkorlik sohasidagi ishlari haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo’lish uchun eng avvalo u haqida yozilgan kitoblarni o’qishni tavsiya qilaman, – deydi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi dotsenti Y.Manzarov. – Demak, bu o’z-o’zidan sizni kibobxon bo’lishga olib boradi. Kitobxon inson esa jamiyatda mustahkam o’ringa ega bo’ladi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarning besh tashabbus doirasidagi bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida savol-javoblar o’tkazildi, «Yangi O’zbekiston – yoshlar nigohida» deb nomlangan rolik namoyish etildi. Faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga rektor tomonidan kitoblar sovg’a qilindi.




Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan