TDPU Termiz filiali: Jahon tamaddunida Sohibqiron renessansi

Insoniyat hamisha ulug‘ zotlarning ilmi, tafakkuri, aql-zakovatidan bahramand bo‘lib kelgan va o‘z taraqqiyotida ajdodlarining buyuk meroslariga tayangan va ulardan iftixor qilgan. Buyuk davlat arbobi va yuksak ma’rifat sohibi Amir Temur ibn Tarag‘ay Muhammad Bahodirdir mohir sarkardaligi, odil podsholigi, eng asosiysi ma’rifatparvarligi bilan nafaqat Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, balki jahon tarixida salmoqli o‘rin egallagan. Temuriylar sulolasining XIV-XV asrlardagi hukmronligi olamshumul voqealarga boyligi bilan jahon tarixida alohida o‘chmas iz qoldirdi. O‘tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag‘ishlab Yevropada 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin asarlar yaratilgan. Tarixda birorta davlat boshlig‘i yoki sarkardaga bag‘ishlab bunchalik ko‘p asarlar bitilmagani sohibqiron shaxsining buyukligiga yana bir dalolatdir.
Nizmoiy nomidagi TDPU Termiz filiali Tabiiy va aniq fanlar fakultetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag`ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron renessansi” deb nomlangan ma`naviy va ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i X.Mulkamonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlarini yagona davlat ostida birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi, barcha xalqni o‘z ortidan ergashtirib, buyuk va qudratli markazlashgan davlatni vujudga keltirdi. Amir Temur Ikkinchi Renessansni boshlab berdi va temuriylar hukmronligida bu davr gullab yashnadi.
Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan raqslar, Sohibqiron haqida sahna ko`rinishi, she’rlar, harbiy sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta ta`surot qoldirdi.
Biz avlodlarni Amir Temurga munosib bo‘lishi lozimligi haqida ko‘p gapiramiz. Ammo juda xalqona maqol bor: “Nimani eksang, shuni o‘rasan”, degan. Yuksak salohiyatga ega shaxslarning yetishib chiqishi uchun ota-onalarning ma’naviy qiyofasi go‘zal bo‘lishi, mahallalarimizda ulg‘ayayotgan bolalarga yetti ota-ona tarbiya berishi, o‘qituvchi va murabbiylarimiz ta’lim-tarbiya uzviyligini sidqidildan ta’minlashi, bir so‘z bilan aytganda farzand nomli inson zamirida jamiyatimizning ertangi kuniga poydevor qurayotganimizni har qachon yodda tutishimiz farzdir. Amir Temur ma’naviyatining mustahkam poydevori asrlarga yuz tutib kelayotgani, yillar ushbu poydevor to‘zonida to‘zimasdan, aksincha, yanada sayqal topayotgani siri ham, shubhasiz, shundadir.








Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan