Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 12-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovi Davlat test markazida 2 smenada tashkil etilib, 1-smenada ingliz tilidan, 2-smenada koreys tilidan imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Imtihonda talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Bunda talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i berildi. Test natijalari 3 kun ichida Puchon universitetiga taqdim etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan