«Uchinchi Renessansning ilmiy-ma’naviy asoslari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishiga asosan, joriy yilning 12 aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasi tomonidan «Uchinchi Renessansning ilmiy-ma’naviy asoslari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

✅Ushbu konferensiyada 50 dan ortik mutaxassis olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va onlayn ishtirok etishdi.
✅Konferensiyani NavDPI rektori, professor Baxodir Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
✅Taniqli olimlardan – BuxDU professori, tarix fanlari doktori Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, QarDU professori, f.f.d., Oliy majlis senati a’zosi Erkayev Abdurahim Panjayevich, TDSHU professori Doniyorov Alisher Xudoyberdiyevichlarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.
✅Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat universiteti professorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

✅ Konferensiya yakunida mavzu doirasidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirilib, umumlashtirildi.






Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan