Germaniyaning FH Münster – University of applied sciences hamda MSH Münster School of health universiteti bilan hamkorlikda seminar tashkil qilindi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda bajarilayotgan IZ – 2020041512 Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “Tibbiy ta’lim” elektron metodik portalini yaratish nomli amaliy loyihasi doirasida Germaniyaning FH Münster – University of applied sciences hamda MSH Münster School of health universitetining bir qator olimlari bilan hamkorlikda seminar tashkil qilindi. Seminardan ko‘zlangan maqsad pedagog kadrlarning innovasion yondoshuvlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yuksak ilmiy-metodik darajada loyihalashtirish, sohadagi ilg‘or tajribalar va texnologiyalarni o‘zlashtirish, takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etishlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalari hamda ijodiy faolligini rivojlantirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Seminar davomida Germanya tajribasi o‘rganildi hamda tibbiy ta’lim portalini yaratishda ular bilan hamkorlik masalalri tahlil qilindi, ushbu portal tibbiy ta’limda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishida masofaviy-texnik ta’lim kurslari va suniy intellekt vositalaridan foydalanish samarali ekanligini o‘z tajribasida isbotlanganligi bois, mazkur portal ham tibbiy ta’limda faoliyat olib borayotgan pedagoglarning kasbiy pedagogik kompetensiyasini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi haqida fiklar almashildi.






 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan